KONKRETSIYALAR

KONKRETSIYALAR

KONKRETSIYALAR (lot. concretio – qoʻshilib ketish, oʻsish, quyuqlanish) — kimyoviy tarkibi va shakliga koʻra, oʻzi joylashgan jinsdan farqlanuvchi va diagenezda yuzaga keluvchi choʻkindi togʻ jinslaridagi yoki hoz. choʻkindilardagi dumaloq shaklli mineral hosilalar. Konkretsiyalar bir yoki turli minerallar agregatlaridan iborat boʻlib, diametri bir necha mm dan oʻnlab sm gacha yetadi. Konkretsiyalar, asosan, fosforit, pirit, markazit, baʼzan siderit, barit kabi minerallardan tashqil topadi. Organik qoldiqlar atrofida tarqoq mineral moddalarning toʻplanishidan hosil boʻladi. Konkretsiyalar turli geologik davr qatlamlarida va hoz. zamon okean choʻkindilarida ruda toʻplamlarini shakllantiruvchi temir va marganes oksidlari K. keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
KONKRETSIYALAR