KOMPOZITOR
KOMPOZITOR (lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) — 1) koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodqori. «Kompozitor» atamasi 16-a. ga kelib Italiyada keng tarqalgan. Kompozitorlik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat b-n birga maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. Kompozitor nota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan anʼanaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi. Oʻzbekistonda Kompozitorlik ijodiyoti 19-a. ning oxiri (V. Leysek va b.), ayniqsa, 1920— 30 y. lardan boshlab (V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, G. Mushel va b.) jadal rivojlandi. Mahalliy Kompozitor lardan M. Ashrafiy, T. Sodiqov, M. Leviyev, M. Burhonov, S. Yudakovlarning ilk ijodiy tajribalari 1930 — 40 y. larga mansub. 1950—60 y. larda Ik. Akbarov, S. Boboyev, ʼ. Giyenko, X,. Rahimov, F. Yanov-Yanovskiy, R. Hamroyev, T. Qurbonov, R. Vildanov, Sayfi Jalil, 1970—90 y. larda esa D. Saidaminova, N. Zokirov, R. Abdullayev, M. Bafoyev, M. Tojiyev va b. koʻp ovozli musiqaning turli janrlarida katta yutuqlarga erishdilar. Mustaqillik davrida Oʻzbekiston K. larining ijodi yangi bosqichga koʻtarildi. Yosh K. lardan A. Mansurov, D. Omonullayeva, K. Ergashev, D. Yanov-Yanovskiy, N. Gʻiyosov va b. musiqa hayotiga, shu jumladan, estrada va kino musiqasi, simfonik hamda kamer musiqasi janrlari rivojiga salmokli hissa qoʻshmokda;
Ensiklopediya.uz
KOMPOZITOR