KOSHITSE

KOSHITSE

KOSHITSE — Slovakiyaning sharqidagi shahar. Slovakiya Rudali togʻlari etaklarida, Gorvad daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 241,8 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Metallurgiya k-ti, ogʻir mashinasozlik, magnezitni qayta ishlash, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, un-t, Sharqiy Slovakiya muzeyi bor. 14—18-a. larga oid memoriy yodgorliklar, jumladan, gotika sobori saqlangan.

Ensiklopediya.uz
KOSHITSE