KARXEMISH

KARXEMISH

KARXEMISH, Karkamish, Gargamish (mil. av. 4-ming yillik oxiri—3-ming yillik — mil. av. 1-a.) — Yevfrat (Furot) daryosining oʻng qirgʻogʻida (Shim. Suriya, hoz. Jerablus sh. yaqinida) joylashgan yirik qad. hunarmandchilik va savdo shahri. Shahar Mesopotamiya madaniyati taʼsirida boʻlgan. Karxemish haqidagi dastlabki eslatma Xammurapi (mil. av. 18-a.) davriga oid. Keyinchalik Karxemish mil. av. 15-a. da Misr vassaliga, mil. av, 12-a. gacha Xett podsholigi qaramligida boʻlgan. Karxemish mil. av. 12-a. — 8-a. larda mustaqil podsholik markazi boʻlgan; mil. av. 717-y. da Capgon II tomonidan zabt etilgan. Karxemish boʻsagʻasida 605-y. mashhur jang boʻlib oʻtgan, unda Bobil podshosi Navuxodonosor I Misr firʼavni Nexo II va Ossuriya podshosi Ashshuruballit II ni yenggan, natijada Ossuriya davlati tugatilgan. Karxemishdan mudofaa inshootlari (3 qator mudofaa devori, kalʼa), saroylar, ibodatxonalar va b. binolarning poydevori va meʼmoriy boʻlaklari topilgan. Ayniqsa, soʻnggi Xett davri topilmalari diqqatga sazovor. Karxemish oʻziga xos xett-suriya madaniyati (meʼmorlik va haykaltaroshlik yodgorliklari, mixxat va iyeroglif yozuvlari) ning oʻziga xos markazi boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KARXEMISH