KAUKA

KAUKA

KAUKA — Kolumbiyadagi daryo, Magdalena daryosining chap irmogʻi. Uz. 1350 km, havzasining mayd. 80 ming km2 chamasida. Markaziy Kordilyera togʻlaridan boshlanib, shim. da Markaziy va Gʻarbiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi chuqur tektonik vodiydan oqadi. Antyokii togʻ massivini kesib oʻtib, ostona va sharsharalar hosil qiladi, soʻngra Karib boʻyi pasttekisligidagi keng vodiydan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Kali sh. dan Kartago sh. gacha va Antyokiidan quyilish joyigacha (jami 620 km masofada) kema qatnaydi.

Ensiklopediya.uz
KAUKA