QAVS

QAVS

QAVS (arab. — yoy, egilgan narsa) — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, ikki elementli (qoʻshaloq), asosan, gap oʻrtasida va oxirida ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Ochiluvchi va yopiluvchi qismlardan iborat. Dastlab u «Turkiston viloyatining gazeti»da 1873-yildan qoʻllangan, keyinchalik boshqa gaz., jur. va kitoblarda ham ishlatila boshlagan. Hoz. yozuvda asosan 2 xil shaklda ishlatiladi: a) odatdagi Qavs () asosiy meʼyor hisoblanib, barcha yozuv shakllarida uchraydi; b) oʻrta Qavs yoki katta Qavs — [] va () matematika, geometriya, kimyo va boshqalar fanlarda, shuningdek, Qavs ichida Qavs keladigan holatda uchraydi. Xususan, mat. da bu belgi amallarning bajarilishi tartibini belgilash uchun ishlatiladi. Mas, (5,2+4,8):0,5 (oldin qavs ichidagi amal bajariladi). Qavsning yopiluvchi (ikkinchi) qismi baʼzan yozma nutqda ketmaket keluvchi, sanaluvchi fikrlar, taʼriflarni raqamlashda (raqam yoki harf bilan) yakka, mustaqil holda ham qoʻllanishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
QAVS