KONAKRI

KONAKRI

KONAKRIGvineya poytaxti (1958). Tombo o. va Kalum ya. o. da joylashgan (oʻzaro damba orqali bogʻlangan). Aholisi 1558 ming kishi (1997). Iqlimi nam va quruq mavsumli ekvatorial, mussonli ikdim. Yanv. da oʻrtacha t-ra 23°, iyulda 22°; yiliga oʻrtacha 4300 mm yogʻin yogʻadi. Dengiz porti orqali chetga mi-nerallar va q. q. xom ashyolari chiqariladi. Konakri — Gvineyaning t. y. markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Konakri — yirik iqtisodiy markaz, mamlakat ishlab beruvchi sanoatining katta qismi shu yerda joylashgan. Oziq-ovqat, kurilish materiallari, kimyo, toʻqimachilik, metallsozlik, sement, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Shahar atrofida sabzavotchilik rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
KONAKRI