B harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
B harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari
DO`STLARGA ULASHING:
B
bazm — tashvish va quvonch
bir qo’llilik — yolg’onchi
bayroq — farovonlik
bit — boylik
baliq — mushkulot va iroda
biya — orzu ushalishi
balchiq — qaltislik, hushyorlik
bobo va momo — mashaqqat va maslahat
bank — foyda, hurmat, ehtiyotsizlik
bodom — ne’mat
barang — yangi do’satlar
bozor — alg’ov-dalg’ov
barmoqlardagi og’riq — tashvish
boylik — boylik va qashshoqlik
basseyn — axtiros va sevgi
bokschi — raqiblik
bahmal — izzat va takabburlik
bola — tashvish va quvonch
baqlajon — shon shuhrat
bolta — rizq va foyda
bahor — muvaffaqiyat, nohushlik
bolg’a — do’st
bahslashmoq — janjal, bevosh farzand
bochka — mo’lchilik
beva — g’iybat ,hasrat
bosmahona — ma’murlik
bezgak — gunoh , o’lim
botqoqlik — ziyon
bezovtalik — g’oliblik,qashshoqlik
bosh -mansab va kasallik
bekorchilik — sarob
bog’ va bog’bon — quvonch va foyda
bel og’rig’i — zarar
bog’ga o’t qo’yish — isrof
bemorlik — raqib
buzoq — mehr oqibat
behi — yahshilik
bilakuzuk — yahshilik va me’ros
bukri -manfaat
bilet — safar
bukchayish — muhtojlik
bilyard — yo’qotish
bulamuq -foyda va zarar
binafsha — umr uzoqligi
bulbul -farzand
binafsharang — ishning oson ko’chishi
bulut — hikmat va manfaat
bino — hotirjam umr, manfaat
burga — dushman zaifligi
birja — samara
bufet -muhabbat
bo’yoq — halol mol
buqa — omad
bo’yra — martaba
buqalamun — o’zgarish
bo’lka non -umr
bug’doy — manfaat
bo’r — zarar
bo’g’ish -sir
Badan Semiz va kuchli badan din-u va iymon quvvatidir.
Bayroq U tushda ma`lum mashhur ish va raislikdir.
Balandlikdan tushish Kim balandlikdan tushsa unga g`am tashvish yetadi. Pastlikka qarab sayr qilish qiyinchilik bo`lib, oqibatda yaxshilik bo`lishi umid qilinadi.
Baliq qarmog`i tushda baliq tutadigan qarmoq bu makr hiyla.
Balkon, ayvon Ayvon dushmanlar, josuslarga dalolatdir.
Balo musibat U tushda shiddatli holdan keying xotirjamlik va xursandchilikka dalolat qiladi.
Balg`am U tushda o`smaydigan moldir.
Kasal odam balg`am qussa, xursandchilik va shifoga erishadi.
Barmoq kesilishi Barmoq kesilganni ko`rganda molga musibat yetadi.
Barmoqlarni yalash Barmoqlarni yalagan taom turidan oz yaxshilikka yetishdir.
Baxillik U bedavo kasallikka dalolat qiladi. Ko`pincha u nifoq va do`zaxga yaqinlashtiradigan yomon amallardir, shuningdek faqirlikdir.
Bahor tushda pulga umri qisqa farzandga va nikohi doimiy bo`lmagan ayolga dalolatdir.
Bilakuzuk Tushida erkak kishi qo`lida bilaguzuk ko`rsa, yetishmovchilik, ahvolining tangligidir.
Billur uni tushda ko`rish ayollarga dalolat qiladi. Kim billur idishga ega bo`lganini ko`rsa, nafis ayolga uylanadi.
Bino Kim tushida bino barpo qilsa, o`ngida yaxshi amal qiladi.
Bir dona guruch tushda 100 va 1000 kabi bir bog`ich molga dalolat.
Bez, yog`li o`simta kim tushida tanasida bez (yog`li o`simta)ni ko`rsa, mol davlatga erishadi.
Bezak kim tushida bezak bilan bezak borligi yoki uning sotib olingani yoki uni hadya etilganini ko`rsa, kenglik va g`amlardan qutilish yo`lidir.
Belgilar libosdagi belgi haj yoki boshqa tomonga safar belgisidir.
Bozorlarga olov tushishi Agar bozorlarga olov osmondan tushsa, unda savdo maxsulotlarining oshishiga dalolatdir.
Boylar Agar tushda ko`rilgan boylarning quloqlari chiroyli bo`lsa, ularga keladigan yaxshi xabarlarga dalolat qiladi.
Bokira qiz Tushda bokira, iffatli qizni ko`rish mansabdorlar uchun qiyinchilikka dalolat qiladi. Shuningdek foydali er, qurib bitkazilgan yangi joy, keyim kechak, tugatilmagan kitob, uzilmagan meva yoki qarshilik qiluvchi hayvonga ham dalildir.
Bola bola g’am –g’ussa va qiyinchilikka ishoradir.
Boldir tushda insonning umri bilan turmushiga tayanch agar boldiri temirdan ekanini ko’rsa, umri uzoq bo’ladi.Ayol boldirini ochganini ko’rsa, dini go’zal bo’lib , sharoiti yanada yaxshi bo’ladi.
Bosh kishining boshqaruvchi odam va sarmoyadir.
Boshliq uni tushda ko’rish kishilarning kamtarliklarini tassarruf qiluvchi kishiga dalolat qiladi.
Boshni egik holda ko`rish Xato ishlarni qilib tavba qiluvchi bo`ladi.
Boshqa ism bilan chaqirilish Kim boshqa ism bilan chaqirilsa, agar xunuk ism bo’lsa, uning faxshli aybi ochiladi yoki kasali zohir bo’ladi. Agar chiroyli ism bilan chaqirishsa, shu ismning ma’nosi qancha yaxshi bo’lsa, shuncha izzat va hurmatga erishadi.
Bog`- bo’ston Bu xotinga dalolatdir. Bog’dagi daraxtlar xotinning qavmu qarindoshlari, bolasi va moli deb tavakkal qilinadi.
Bog`bon U tushda insonlarni ayollarga va ularni yaxshi ko`rishga chaqiradigan kishilardir. Shuningdek, tushda uni ko`rish rabotlar, madrasa, jome’ masjidlari, cherkovlar, xursandchilik lar va foydalarga dalolat qiladi.
Bog’da noz ne’matlarni tatib ko`rish Tushida ushbularni ko’rsa, agar haj mavsumida bo’lsa, unga haj qilishga izn beriladi.
Buzilgan quduq Quduqning buzilishi ayolining o’limiga ishoradir.
Bulbul U tushda boy kishi yoki boy ayolga dalolat qiladi.
Bulut Tushdagi bulut Islomga, ilmga, do’stlar va qo’shnilarga, xomilador ayollarga va yomg’irga dalolat qiladi.
Burun U bola, ulug`lik, hasab va ota va onadir.
Bug’doy uni Bu tushda dir. Bo’ydoq uchun teng rafiqadir.
Bo’yoqchi Tushda maxfiy ishlarni qiluvchi munofiq kabi kishidir.
Bo’z Bu mashaqqatsiz jamlangan moldir.
Bo`z sotuvchi Bo’z sotuvchini ko’rish , faqirlikdan so’ng boy bo’lish va bo’ydoqning uylanishiga dalolatdir.
Bo’ron Bo’ronli shamol daraxtlarni ag’darib, devorlarni buzib,hamma narsani o’chirib yurgan bo’lsa, bu insonlarni boshiga tushgan yo balo , yo o’lat yo fitna, yo asir tushishdir.
Bo’tqa Ya’ni quyuq sho’rva qarindoshlari tarafidan yetadigan g’amdir.
B harifi bilan boshlanadigan tush tabirlari