KAPURLAR OILASI
KAPURLAR OILASI — jahonga tanilgan hind kino arboblari oilasi. Pritxviraj Kapur (1904.3.11 — 1972.29.5) — hind aktyori, teatr rej. i. Lahordagi xuquqiy kollejni tugatgan. Oldin ovozsiz filmlarda, 1931-y. esa birinchi hind ovozli filmi («Olamning goʻzalligi»)da suratga tushgan. Juda koʻp tarixiy filmlarda oʻynagan. 1944-y. birinchi hind professional teatri («Pritxvitietrs»)ni tashkil etdi. «Daydi», «Oʻtmish, hozirgi kun, kelajak», «Uch dengiz osha sayohat» kabi filmlarda suratga tushgan. Butun Hindiston Tinchlik kengashining vitse prezidenti boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
KAPURLAR OILASI