Tashqi 3G 4G LTE antenna tanlashda tavsiyalar

Tashqi 3G 4G LTE antenna tanlashda tavsiyalar

Tashqi 3G 4G LTE antenna tanlashda tavsiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Hozirgi kunda modem va routerlar bozorida turli 4G LTE modem-routerlar taklifi kundan kunga oshib bormoqda. Aksariyat foydalanuvchilar 4G tarmoqda internet tezligi 3G ga nisbatan tez bo’lishiga umid bog’lashadi. Ammo 4G tarmoq qamro’vi asosan shahar markaziy qismlarida bo’lgani uchun ko’p xududlarda 4G internet tezligi juda past bo’lishi kuzatilmoqda. Foydalanuvchilar, mobil operatorning qoniqarsiz signal muammosi yuzasidan biror chora tadbirlarni amalga oshirishini kutib o’tirmasdan, 4G signal kuchaytiruvchi antennalar qo’llashlari mumkin.
antenna lte 1800 ax2014p mimo 14db 8 800x800 1

Antenna tanlashdan oldin, foydalanuvchi o’z modem/routerida tashqi antenna ulashga mo’ljallangan maxsus joy borligini, uni sonini va turini aniqlashi lozim. Misol uchun, agar foydalanuvchida Ucell mobil operatorining 4G LTE Huawei E3272 USB modemi bo’lsa, uning yon tarafida 2 dona tashqi antenna ulanish joyi mavjudligiga guvoh bo’lishi mumkin. So’ng ushbu modem/routerlar tashqi antenna konnektorlari jadvali dan Huawei E3272 tashqi antenna konnektori CRC9 deb monlanishini va tashqi antennadan foydalanish uchun shunday 2 dona shtekeri mavjud antenna olish lozimligini bilish mumkin. Konnektorlar soni 2 dona ekanligi — modem MIMO texnologiyasida ishlashidan dalolat beradi.

Yana bir e’tiborga loyiq masala — bu antenna o’rnatiladigan joy, antenna va 3G/4G modem/router o’rtasidagi masofa. Antenna o’rnatilinadigan joy va router joylashgan joy o’rtasidagi masofa kabel uzunligini belgilab beradi. Misol uchun, agar Huawei E3272 modem oynaga yaqin joyda joylashgan bo’lsa va antenna uyning tom qismining chetiga o’rnatilsa, 5-10 metr kabel yetarli bo’ladi. Ayrimlar, kabel qancha uzun bo’lsa o’rnatishga shunga yarasha oson bo’ladi deb fikr yuritishadi. Ammo kabel qancha uzun bo’lsa, antenna signal kuchaytirishi shunga proporsional daraja past bo’ladi. Shuning uchun antenna kabelini iloji boricha qisqa qilishga harakat qilish lozim. Agar kabelni qisqartirish imkoni bo’lmasa, yuqori sifatli, kam yo’qotish xususiyatiga ega kabel olish tavsiya etiladi.

Yaxshi yangilik shundaki, Flytech.uz saytida kabel uzunligi xaridor talabiga moslab ham tayyorlab berilishi xizmati mavjudligidadir.

Tashqi 3G 4G LTE antenna tanlashda tavsiyalar