ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara

ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara

ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara

O’zbekistonda startaplarni rivojlantirish istiqbollari to’g’risidagi bahs-munozara ICT Forum 2015’dagi Startup Mix’ning eng yorqin hodisalaridan biri bo’ldi, unda so’z lug’atimizda «startap» so’zi mavjud bo’lmagan davrda o’z biznesini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgan taniqli o’zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdi. Diskussiya spikerlari Roman Gold (JSCapital, Isroil), Hikmat Abdurahmonov (AMBiT), Suren Sapov (Afisha Media), Laziz Adhamov (SAP) moderator va tinglovchilar savollariga javob berdi. Loyihani qanday boshlash, jamoada qanday birga ishlash, munosib kadrlarni qayerdan topish haqida qiziqarli savollar berildi.

Roman ishga kirishish va amalga oshirishni boshlashdan avval xavfsizlik yostig’ini yirtib tashlash haqida yorqin nutq so’zladi. «Sariq chaqasiz yoki doim yordamga kelishga tayyor oilangiz himoyasisiz qolsangizgina muvaffaqiyatga erishish mumkin, chunki bunda chekinadigan joyingiz bo’lmaydi, — dedi u. — 3 ming dollarim bo’lganida, 2500 dollariga tillarang MacBook, qolganiga Apple Watch sotib olardim. Bir tiyinsiz qolgach, ishni boshlash va haqiqiy muhim masalalarni yechish mumkin».

Laziz Adhamov kofaunder (kompaniyaga birgalikda asos solgan kishilar) bilan qanday hamkorlik qilish haqidagi savolga javoban, avvalambor o’z-o’zini SWOT-tahlil (kuchli va zaif tomonlar tahlili) qilish, shundan keyingina o’z kamchiliklarini anglagan holda boshqalarning aybini qidirishni tavsiya qildi. Hikmat Abdurahmonov Richard Brenson nomidan maslahatlar berdi: odamlardagi yaxshi xususiyatlarni qidiring, tirnoq tagidan kir topishga harakat qilmang. Roman esa birgalikdagi majburiyatlarni bajarishga to’sqinlik qiluvchi vaziyatlarga yo’l qo’ymaslik uchun kofaunderlarning o’zaro aloqalarini yuridik jihatdan tartibga solish va mas’uliyatning taqsimlanishi ahamiyatini tilga oldi.

IT kadrlarni qayerdan olish kerakligi haqidagi savolning javobi Suren Sapovning OTMlar, xususan Inha universiteti bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish istagiga ulanib ketdi. Bunda ushbu universitetning IT-mutaxassislar tayyorlashdagi obro’si bugungi kunda tez sur’atlar bilan o’sib borayotgani ta’kidlandi. Roman o’z mamlakatida ham bunday muammo borligi, uni kadrlarni maktabdanoq uzoq muddatga yollash, yirik kompaniyalarda yoshlar uchun bepul stajirovka tashkil qilish usullari bilan qimmatli kadrlarni deyarli noldan boshlab yetishtish orqali hal qilishlarini qayd etdi.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara