Bodringli parhez
Eng oson usul. Birinchi salat. Ikkinchi salat. Uchinchi salat. DIQQAT! Yuqoridagi parhezni 7 kun tutib, siz 5 kg. vazndan xalos bo’lishingiz mumkin. Lekin bodringli parhez ayrim kishilar salomatligi uchun juda xavfli bo’lishi xech gap emas! Shu sababdan bu parhezni qo’llashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashing!
Bodringli parhez
DO`STLARGA ULASHING:
3-5 kun davomida har kuni 1,5 kg. bodring eyish tavsiya etiladi. Bunda siz bodringdan tayyorlangan har xil salatlar bilan kundalik taomnomangizni boyitishingiz mumkin. Eng asosiysi, parhez uchun tayyorlangan salat ichiga tuz qo’shmang. Yana bir narsa: faqat 12-13, 16-17, 19-20 soatlar oralig’ida ovqatlaning. Nonushta har doimgidek, choy, qahva va suv istalgan miqdorda. Quyida uch xil salat turi bilan tanishasiz:
1-2 kg. bodringni katta bo’laklarga bo’lib kesing. Keyin 30 gr mayonez va ta’bga ko’ra har xil ko’katlar bilan aralashtiring. Tayyor salatni 3-5 bo’lakka bo’lib, kun davomida iste’mol qiling.
Yuqorida aytilgan miqdordagi bodringlarni yog’ miqdori kam bo’lgan smetana yoki kefir bilan aralashtirib, ta’mi yaxshilanishi uchun ichiga 1-2 dona qaynatilgan tuxum va tuzsiz ziravorlar qo’shib aralashtiring.
1,5 kg. maydalangan bodringni, 500 gr. pomidor bilan aralashtirib, ichiga 1 choy qoshiq o’simlik yog’i yoki smetana qo’shing. Bu salatga ta’bingizga qo’ra ozgina qaynatib pishirilgan yog’siz go’sht ham qo’shishingiz mumkin. Muhimi, tuz qo’shmaslik.
Gastrit, organizmida kislota miqdori yuqori bo’lgan va oshqozon yarasi kasali bor kishilarga bodringli parhez tutish qat’iyan man etiladi!
Bodringli parhez