INSULT
INSULT (lot. insulto — chovut solmoq, hujum qilmoq) — bosh miyada qon aylanishning toʻsatdan buzilib, miya toʻqimasining zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi; miyaga qon quyilishi. Gipertoniya kasalligi, miya tomirlari aterosklerozi, anevrizma, vaskulit va b. bir qancha kasalliklar Insultga sabab boʻla oladi.
Ensiklopediya.uz
INSULT