QIRQOYOQLILAR haqida

QIRQOYOQLILAR haqida

QIRQOYOQLILAR

QIRQOYOQLILAR, skolopendralar — laboyoqlilar kenja sinfiga mansub koʻpoyoqlilar turkumi. 900 ga yaqin, jumladan Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi bor. Urgʻochisi oʻzi qoʻygan tuxumlari va ulardan chiqqan bolalarini yirtqichlardan himoya qiladi: tanasi bilan ularni oʻrab olib yotadi. Asosan, mayda umurtqasizlar, ayrim yirik Qirqoyoqlilar mayda umurtqalilar (qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar) bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Qirqoyoqlilar tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalarda yashaydi; tuproq Q. i Yevropaning choʻl va oʻrmon zonasida tarqalgan. Qirqoyoqlilar turkumiga 2 oila kiradi. Kriptopidlar, asosan, tuproqda yashaydi, soʻqir. Skolopendradar — eng yirik Qirqoyoqlilar (uz. 30 sm gacha). Qirqoyoqlilar odamni chaqqanida ogʻritadi. Yirik tropik Qirqoyoqlilarning chaqishi odam hayoti uchun xavfli. Qirqoyoqlilar kunduzi, odatda, toshlar ostiga, yoriqlar va b. pana joylarga bekinib oladi. Kechasi ovga chiqadi. Oʻzbekiston faunasida uz. 10 sm ga yaqin boʻlgan halqali Qirqoyoqlilar uchraydi.

Ensiklopediya.uz
QIRQOYOQLILAR