YUK KOʻTARISH MASHINALARI haqida

YUK KOʻTARISH MASHINALARI haqida

YUK KOʻTARISH MASHINALARI

YUK KOʻTARISH MASHINALARI — odamlar va yuklarni tik yoki qiyaroq yoʻnalishda koʻtarish va tushirish uchun moʻljallangan qurilmalar. Tuzilishi va kinematik sxemasi turlicha boʻlgan mashinalarni oʻz ichiga oladi. Mas, liftlar, konlar va qurilishda ishlatiladigan koʻtargichlar, domkratlar, tallar (q. Tal), polispatlar, qiya konveyerlar, shuningdek, strelali oʻzi yurar kranlar (q. Koʻtarish krani), avtoyuklagichlar Yuk koʻtarish mashinalari jumlasiga kiradi. Vazifasiga koʻra, Yuk koʻtarish mashinalari muqim (statsionar), oʻziyurar yoki koʻchma, uzlukli va uzluksiz ishlovchi, elektr yuritmali yoki ichki yonuv dvigatelli va boshqalar turlarga boʻlinadi. Vazifasiga, tuzilishiga, yukning xiliga qarab, Yuk koʻtarish mashinalari bir necha kg dan bir necha yuz t gacha yukni koʻtarishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
YUK KOʻTARISH MASHINALARI