JALA haqida

JALA haqida

JALA

JALA — shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir. Baʼzan, xoʻl qor, qor uchqunlari aralash yogʻadi. Jalaning yogʻish jadalligi har soatda 100 mm gacha yetadi. Jala bulutdan emas, balki atmosferadagi sovuq frontda (q. Atmosfera frontlari) joylashgan nobarqaror havo massalaridan yoki konveksiya natijasida yogʻadi. Xalq xoʻjaligiga, ayniqsa q. x. ga zarar yetkazishi, suv toshqinlariga sabab boʻlishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
JALA