YERKIN QARAQALPAQSTAN haqida

YERKIN QARAQALPAQSTAN haqida

YERKIN QARAQALPAQSTAN

«YERKIN QARAQALPAQSTAN» («Erkin Qoraqalpogʻiston») — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining markaziy nashri. Qoraqalpoq tilida haftada 3-marta chiqadi. Gaz. dastlab 1924-y. dek. da «Birinshi adыm» («Birinchi kadam») nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik «Yerkin Qaraqalpaqstan» (1928), «Miynetkesh qaraqalpaq» («Mehnatkash qoraqalpoq», 1928—32), «Kыzыl Qaraqalpakstan» («Kizil Koraqalpogʻiston», 1932—57), «Sovet Karakalpakstanы» («Sovet Qoraqalpogʻistoni», 1957—92) nomlarida nashr etilgan. 1992-y. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli yillarda A. Qudabayev, Q. Aoʻyezov, J. Qurbanov, S Majitov, K. Xudoybergenov, T. Qaipbergenov, E. Murtazayev, Q. Begjanov, Q. Yusupov va b. jurnalist va yozuvchilar muharrirlik qilishgan. Gaz. oʻz sahifalarida qoraqalpoq xalqining tafakkur tarzi, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy qarashlarini aks ettirishga harakat qiladi, respublika xalq xoʻjaligining turli sohalariga oid yetilgan muammolarni koʻtarib chiqadi. 1994-y. da «Yerkin Qaraqalpaqstan»ning 70 yilligi nishonlandi. Unda gaz. oʻtgan davrda Qoraqalpogʻiston hayotining solnomasiga aylanganligi taʼkidlandi. Adadi 2553 (2002).

Ensiklopediya.uz
YERKIN QARAQALPAQSTAN