Goʼdaklarda tugʼma zotiljam

Goʼdaklarda tugʼma zotiljam

Goʼdaklarda tugʼma zotiljam

Mundarija скрыть
Goʼdaklarda tugʼma zotiljam
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

SАBАBLАRI. Tugʼma intranatal zotiljam (pnevmoniya) tugʼruq jarayonida (qogʼonoq suvi yoki bola tugʼruq yoʼllaridan oʼtayotganida) bola oʼpkasida yuzaga keladi. Bu kasallikni anaerob bakteriyalar qoʼzgʼatishi ham mumkin. Postanal zotiljam esa koʼpincha tugʼruqxonada, chaqaloqlar patologiyasi boʼlimlaridagi noqulay shart-sharoit oqibatida orttiriladi.
godaklarda tugma zotiljam 624x410 1
Homiladorlikning ogʼir kechishi, surunkali homila ichi gipoksiyasi, onada infektsion jarayonlarning kuzatilishi, bosh miya ichi shikastlari va entsefalopatiya, koʼp bora oʼqchib qayt qilish hamda homilaning chala rivojlanishi yoki oʼsishdan ortda qolishi kabi holatlar tugʼma zotiljamga sabab boʼladi.
Onaning uzoq muddat surunkali dardlar bilan qayta-qayta kasalxonaga yotishi, bemor yotadigan xonalarda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinmasligi, chaqaloqlar xonasida malakali hamshira yordami yetishmasligi va boshqa bir qancha sabablar tufayli orttirilgan zotiljam yuzaga keladi. Bolada zotiljam paydo boʼlishida onaning jismonan va ruhan toliqishi, tanasining zaharlanishi, kasallikka qarshilik koʼrsatish qobiliyatining susayishi singari omillar sababchidir.
KEChIShI VА АSORАTLАRI. Tugʼma transplatsentar zotiljam bolaning jagʼ, miya va buyraklarini zararlaydi. Bolaning tugʼilishi ogʼir kechadi, birinchi yigʼisidan soʼng hansirash, holsizlik, apnoe (nafas olishning vaqtincha toʼxtab qolishi) xurujlari va shishlar kuzatiladi. Tugʼilganidan bir oz muddat oʼtib jigar kattalashuvi seziladi, biroq talogʼi kattalashmasligi mumkin. Intranatal zotiljamda esa bola tugʼilganidan bir necha kun oʼtib, bezovtalik, hansirash va lanjlik kuzatiladi. Birinchi yoki ikkinchi kun oxiriga borib tana harorati koʼtariladi, diareya, konьyuktivit, otit, ogʼizdan koʼpik kelishi hollari uchraydi. Zotiljamga chalingan bolaning tana harorati koʼtariladi, emmay qoʼyadi, koʼp uxlaydi yoki aksincha, uxlolmay bezovtalanadi. Baʼzida talvasa tutadi, yuragi tez uradi, onda-sonda yoʼtalishi mumkin.
DАVOLАSh. Zotiljamga duchor boʼlgan kichik yoshdagi bolalarni, albatta, bolalar shifoxonalarining maxsus boʼlimlarida davolatish lozim. Katta yoshdagi bolalarga esa uy sharoitida davolashga ruxsat beriladi. Lekin bunday hollarda poliklinika shifokori har kuni bemor bolani kelib, nazoratdan oʼkazishi zarur. Bemorning taomlari yuqori kaloriyali, biroq yengil hazm boʼladigan, tarkibi yetarlicha vitamin va minerallar bilan toʼyingan boʼlishi kerak. Yogʼsiz mol goʼshti, jigar, tuxum, tvorog, sutli mahsulotlar, sabzavotlar, yashil salat bargi, oʼsimlik yogʼi, asal, olma singarilar bolaning ovqatida boʼlishi tavsiya etiladi. Koʼpincha kasallik davrida bolaning ishtahasi yoʼqoladi, bunday vaqtlarda uni majburlab emas, balki oz-ozdan tez-tez ovqatlantirish kerak.
Bolaning toʼliq sogʼayib ketishida jismoniy mashqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlanishida bolaga ehtiyot boʼlib oyoqlar uchun oddiy boʼlgan gimnastik mashqlar – bukish va yoyish, ohista aylantirish, shuningdek, nafas yoʼllari mashqi – nafas olganda qoʼllarni keng yoyish va nafas chiqarganda qoʼllarni birlashtirish buyuriladi.
Rayhon MUDАRISOVА, pediatr, pedagog.

Goʼdaklarda tugʼma zotiljam