JONBOS QALʼA MAKONI haqida

JONBOS QALʼA MAKONI haqida

JONBOS QALʼA MAKONI

JONBOS QALʼA MAKONI — Jonbos qalʼat jan. dagi past-tekislik va taqirliklarning chegarasi boʻylab joylashgan neolit davriga oid 18 makon (mil. av. 4—3 ming yillik). 1938 — 40 va 1945-y. larda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullangan aholining hayoti haqida maʼlumot beradi. Jonbos qalʼa makonida yashagan xalqlar yaratgan yodgorliklar tarixda Kaltaminor madaniyati deb yuritiladi.

Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.

Ensiklopediya.uz
JONBOS QALʼA MAKONI