JAPAQOV haqida

JAPAQOV haqida

JAPAQOV

JAPAQOV Navruz (1914.16.5 – Taxta koʻprik tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filol. fanlari d-ri (1967). Koʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti (1961—67) va Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot in-tida (1967—75) katta ilmiy xodim. Ilk sheʼrlar toʻplami — «Quyosh» (1940). «Shoir soʻzi» dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda) Navoiyga bagʻishlangan. «Uzoqdagi yaylovlar» (1955, X. Seitov b-n hamkorlikda), «Suvchi» (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. «Orol baliqchilari» kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi («Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doyr», 1972; «Adabiyotimiz haqida oʻylar», 1974 va b.).

As: Amu boʻylarida, T., 1956; Tiriklar bilan birga: Poema va sheʼrlar, T., 1962; Tanlamalы shыgarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.

Ensiklopediya.uz
JAPAQOV