JOʻN MADANIYATI haqida

JOʻN MADANIYATI haqida

JOʻN MADANIYATI

JOʻN MADANIYATI — Krvunchi madaniyati turlaridan biri. Toshkent vohasidagi Jun kapali boʻyidan topilgan yodgorliklar (3—4-a. lar). Joʻn madaniyati, asosan, Sirdaryoning oʻrta oqimi boʻylab keng tarqalgan. G. V. Grigoryev, M. E. Vorones, T. G. Obolduyeva va b. qazish ishlari olib borgan (1937—39). Joʻn madaniyatiga oid mozorqoʻrgʻonlar, shahar xarobasi tekshirilgan. Turar joylar xom va pishiq gʻishtdan qurilgan. Aholi dehqonchilik (bugʻdoy, tariq, arpa va b.) va chorvachilik b-n shugʻullangan. Tekshirish nati-jasida turli rang angob bilan boʻyalgan sopol idish (koʻza, xum, xumcha, hoʻqacha, tovoq va b.)lar, temir qilich, xanjar, oʻq yoy uchi, kamon, oyna, turli munchoq taqinchoklar, tosh oʻgʻir dasta, qoʻl tegirmon topilgan. Qurollar — hatto ayol qabrlarida ham uchraydi.

Ad.: Obolduyeva T. G., Kurganы Kaunchinskoy i djunskoy kulturы v Tashkentskoy oblasti, M. — L., 1948.

Svetlana Lunina.

Ensiklopediya.uz
JOʻN MADANIYATI