ZULAYHO haqida

ZULAYHO haqida

ZULAYHO

ZULAYHO – Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarkalgan afsonaviy qahramon. Firdavsiy (10-a.) , Ali (13-a.)g Durbek (14-a.) va b. shoirlarning mashhur afsona, rivoyatlar va muqaddas kitoblar (Tavrot, Qurʼon) taʼsirida yaratilgan «Yusuf va Zulayho» dostonlarida oli-janob obraz sifatida gavdalanadi. Bu ishqiy-sarguzasht xarakteridagi asarlarda 3. islom dini zaminida talqin etiladi. Qizning har bir xattihara-kati, nutqi, kishilar bilan munosabatida odob-axloqning yuksak namunalari oʻz ifodasini topgan. 3. matonatli, katʼiyatli, kuchli irodali ayollarning umumlashma obrazi, chin sevgisadoqatning yorkin timsoli sifatida kuylanib kelingan.

Ensiklopediya.uz
ZULAYHO