JUNAYD ibn ABDURAHMON haqida

JUNAYD ibn ABDURAHMON haqida

JUNAYD ibn ABDURAHMON

JUNAYD ibn ABDURAHMON (?734) — umaviylarnnng Xurosondagi noibi (729—734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720—724) davrida xalifalikning Hindistondagi islom mulklarini idora qilgan. 724-y. Hishom ibn Abdulmalik xalifa boʻlgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. Junayd ibn abdurahmon A. 730-y. besh yuz askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sugʻd ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. Soʻng, u Xuroson tomon yoʻlga chiqqan turk xoqoni bilan Hind daryosi boʻyida jang qilib, uni yengdi va koʻplab oʻljalar oldi. 731-y. xoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda Junayd ibn abdurahmon A. Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarkand va Buxoro Junayd ibn abdurahmon A. tasarrufiga oʻtdi. Junayd ibn abdurahmon A. xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan oralari kelishmay qolgani bo-isidan 734-y. amaldan tushirilib, oʻsha yili vafot etgan.

Ensiklopediya.uz
JUNAYD ibn ABDURAHMON