JILTIRBOS haqida

JILTIRBOS haqida

JILTIRBOS

JILTIRBOSOrol dengizining jan. qirgʻogʻidagi botqoqlashgan koʻl. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-y. lar boshigacha Orol dengizining qoʻltigʻi boʻlgan. 60 — 70-y. larda dengizning qurib borishi tufayli quruqlikka aylandi. Lekin Amudaryoning oʻng tarmogʻi va ikkita tashlama orqali zovur suvining kelib turishi natijasida qurigan qoʻltiq oʻrnida koʻl vujudga keldi (2000). Daryo va tashlamalardan koʻlga quyilayotgan suv hajmi yillar davomida keskin farq qilgani uchun koʻl sathi turgʻun emas. Suvning minerallashuv darajasi har litrda 10—15 g. Oʻrtacha chuq. 1—3 m, uz. 45 km, eni jan. da 10 km, shim. da 6 km (1997). Mutlaq bal. 53—42 m, jan. dan shimolga choʻzilgan. Suvda qoʻgʻa, qamish va b. suv oʻsimliklari mavjud, qirgʻoqlari ham qamishzor. Toʻqayzorda qobon, suvli joylarda birqozon, baliqchi qush, oʻrdak va b. yashaydi. Jiltirbos baliqchilikda (laqqa baliq, zogʻora baliq, ilonbosh va b.) va ovchilikda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
JILTIRBOS