JIZZAXPLASTMASSA AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

JIZZAXPLASTMASSA AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida

JIZZAXPLASTMASSA AKSIYADORLIK JAMIYATI

«JIZZAXPLASTMASSA» AKSIYADORLIK JAMIYATI — plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona. «Oʻzkimyosanoat» uyushmasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Respublika sanoatini rivojlantirish va Jizzax viloyatidagi choʻl zonasini oʻzlashtirish maqsadida 1960-y. da Jizzax plastmassa quvurlari z-di qurilishi loyihalashtirildi. 3-d oʻzining birinchi mahsuloti — polietilen plyonkalar va mashinasozlik uchun butlovchi buyumlarni 1972-y. dan boshlab ishlab chiqara boshlagan. 1980-y. da z-d qayta rekonstruksiya qilindi va polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan plastmassa z-diga aylantirildi. 1996-y. da Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilib, polietilen plyonka ishlab chiqarila boshladi va shu yili hoz. nomidagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Yiliga 10 ming t gacha plastmassa quvur, 18200 t polietilen plyonka i. ch. quvvatiga ega. Shoʻrtangaz majmuining ishga tushirilishi munosabati bilan qoʻshimcha 3 ming t yuqori issiqlikka chidamli polietilen plyonkalar va xalq isteʼmoli mollari i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Mahsulotlari respublika ichki ehtiyojlariga ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
JIZZAXPLASTMASSA AKSIYADORLIK JAMIYATI