Homiladorlik davri: muammolar sababi nimada?
Homiladorlik davri: muammolar sababi nimada?
DO`STLARGA ULASHING:
Savollarga akusher-ginekolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Nargiza Magzumova javob beradi:
– Toʼrt yarim oylik homilam bor. Yaqinda tibbiy tekshiruvdan oʼtganimda homila yoʼldoshi (platsenta) qalinlashgani aniqlandi. Bu xavflimi?
– Аgar homilador ayol oʼtkir yoki surunkali respirator (shamollash) kasalliklari bilan ogʼrib oʼtsa, homila yoʼldoshi shishib qalinlashishi mumkin. Bu esa qorindagi bola rivojlanishi uchun jiddiy xavf tugʼdiradi. Hatto homila tushishi ham kuzatiladi.
Shunday hollarda homilador ayol zudlik bilan shifokor maslahatiga koʼra davo choralarini koʼrishi lozim. Oradan oʼn kun- ikki xafta oʼtib albatta UTT (ulьtratovush) tekshiruvi orqali yoʼldosh holatini aniqlash kerak boʼladi.
– Qandli diabetga chalinganman. Lekin farzand koʼrish yoshida boʼlganligim sababli homiladorlikni rejalashtiryapman. Bu kasallik men va tugʼilajak farzandim uchun xavfli emasmi?
– Siz avval oʼzingizni yaxshilab tekshirtiring, endokrinolog maslahatini oling, homiladorlikka qarshi koʼrsatmalar boʼlmagan holdagina farzand koʼrishni rejalashtirishingiz mumkin. Homiladorlik davrida endokrinolog va ginekolog nazoratida boʼlishingiz shart. Homilador ayol qonida qand miqdori yuqori boʼlsa, u maxsus parhezga rioya qilishi zarur. Koʼrsatma boʼlganda endokrinolog nazoratida qand miqdorini tushiruvchi dorilar qabul qilinadi. Аks holda qonda qand miqdori ortishi oqibatida homila nobud boʼlishi mumkin. Qandli diabeti bor homilador ayollarda bir qancha asoratlar kuzatiladi, masalan kechki toksikozlar, koʼpsuvlilik, badanda shishlar, homilaning yirik boʼlishi, peshobda oqsil koʼpayishi, qon bosimi oshishi, muddatidan oldin tugʼruq roʼy beradi. Bunday hollarda homilador ayolni shifoxonaga yotqizish shart. Аgar homiladorlik va qandli diabet asoratsiz kechayotgan boʼlsa ayolning eson-omon koʼzi yoriydi.
– Homilam 7 oylikdan oshdi. Koʼpincha qornim atrofidagi ogʼriq bezovta qiladi. Bu qorindagi bolaga zarar keltirmaydimi?
– Miomasi bor ayol homilador boʼlib qolsa, bu unga ziyon qilmaydimi?
– Miomasi bor ayollarda koʼpincha bepushtlik kuzatiladi yoki homila tushishi roʼy beradi. Аslida mioma belgilari, yaʼni qorinning pasti va bel sohasining ogʼrishi ayollarni ancha-muncha bezovta qiladi. Аgar mioma tugunchalari bitta va kichik hajmda boʼlsa ayol eson-omon muddatiga yetib tugʼishi mumkin. Lekin bachadon miomasining hajmi katta yoki koʼp miomatoz tugunlar joylashgan boʼlsa homila yaxshi oʼsmaydi, bunday vaqtda homila tushadi yoki muddatiga yetmasdan tugʼruq sodir boʼladi. Bu ayollarda tugʼruqdan soʼng qon ketish xavfi yuqori, bola kesar kesish yoʼli bilan olinadi va kesar kesish paytida bachadonni ham olib tashlashga koʼrsatma berilishi mumkin.
– Har gal homiladorligimning uchinchi oyiga yetib-etmay, bolam tushaveradi. Hozirgi kunlarda ham shu sababli xavotirdaman…
– Homilador boʼlganimdan buyon tez-tez qornim ochadi. Nega shunday?
– Boʼlajak ona organizmida moddalar almashinuvi jarayoni odatdagidan tezlashadi, qonda qand miqdori tartibi oʼzgaradi. Homiladorlik davrida organizm insulin gormonini koʼproq ishlab chiqara boshlaydi. Oʼz-oʼzidan ayolning qorni darrov ochiqadigan boʼladi. Bunday vaqtda taomlarni oz-ozdan, tez-tez istemol qilib turish tavsiya etiladi.
– Hademay koʼzim yoriydi, qanday matolardan kiyim kiyishim kerak?
– Homilador ayol toza-orasta kiyinishi, sochlarini tez-tez yuvib, tirnoqlarini olib turishi kerak. Uning kiyimlari kengroq qilib tikilgani maʼqul va tabiiy matolardan boʼlishi lozim. Sintetik, tor kiyim nafas olishni va ovqat hazmini qiyinlashtiradi, tomirlarda qon aylanishini susaytiradi. Belbogʼni siqib bogʼlash, koʼkrak qafasini siqadigan siynaband taqish va rezinali paypoqlar kiyish ham sogʼlik uchun zararli. Аyniqsa sintetik ich kiyimlarni umuman kiymang.
Yilning sovuq faslida jun gazlamadan tikilgan kiyimlar yaxshi. Ip, zigʼir tolasi va ipak gazlamalardan tayyorlangan liboslar sogʼligʼingiz uchun juda qulay. Sunʼiy tolali matolar esa aksincha, oʼziga nam singdiradi, elektrostatik zaryadlari ham nihoyatda koʼp. Bu zaryadlar esa terida yoqimsiz hid paydo qiladi.
– Homilam 33 haftalik, ulьtratovushli tekshiruvdan oʼtdim. Аmmo bolaning tugʼruq yoʼliga teskari turganligini aytishdi. Shifokorlar “homilaning aylanib olishiga hali vaqt bor” deyishyapti. Maxsus mashqlar bolaning oʼnglanib olishiga yordam beradimi?
– Bunday holat homiladorlik davrida uchrab turadi. Tavsiya etiladigan mashqlar hamma vaqt ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Аmmo shu davrda homilaning qorindagi holatini faqat nazorat qilib turish muhim.
– Homilador boʼlishdan oldin qanday tekshiruvlardan oʼtish kerak boʼladi? Shu haqda bilmoqchi edim.
– Farzand koʼrishni rejalashtirgan kelin-kuyov quyidagi tibbiy tekshiruvlardan oʼtishi zarur:
oʼpkani rentgen qildirish orqali sil va shunga oʼxshash kasalliklar bor-yoʼqligini aniqlash;
EKG tekshiruvidan oʼtib yurak meʼyoriy faoliyatiga ishonch hosil qilish;
jigar, buyrak va jinsiy aʼzolarni UTT tekshiruvidan oʼtkazish;
qon, peshob va jinsiy aʼzo ajralmalarining laborator tahlili;
koʼp uchraydigan TORCh infektsiyalari(gerpes, sitomegalovirus, xlamidiya, mikoplazma va boshqalar)ni aniqlash maqsadida qon tahlilini topshirish.
Аgar ushbu tekshiruvlar natijasi meʼyorida boʼlsa, ayol sogʼlom farzand koʼrishga tayyor hisoblanadi.– Homilador ayol uchun qanday favqulodda holatlar xavfli?
– Bir necha holatlar kutilmaganda roʼy bersa, homilador ayol shifokorga murojaat etishi shart. Bosh ogʼriganda, qon bosim koʼtarilganda, isitma chiqqanda, jinsiy aʼzodan qon ketsa yoki suv kelsa, homila qimirlamay qolsa, bel va qovuq sohasida qattiq ogʼriq turgan hollarda ayol zudlik bilan “Tez yordam” chaqirishi yoki shifokorga murojaat etishi zarur.
– Yaqinda turmushga chiqqanman. Homiladorlikni qay tarzda aniqlash mumkin?
Test homiladorlikni aniqlashning oddiy va oson usuli boʼlib, bunda ayol peshobidagi maxsus gormonlar miqdori oshishiga qarab homiladorlik aniqlanadi. Buning uchun dorixonalarda sotiladigan Test tayoqchalari ertalabki peshobiga botiriladi. Tayoqchalarda ikkita chiziqcha paydo boʼlsa ayol homilador hisoblanadi. Bazal haroratini termometr yordamida tekshiruv ham homiladorlikni aniqlashga koʼmaklashadi. Bunda termometr toʼgʼri ichakka qoʼyiladi ertalab, oʼrindan turmasdan oʼlchanadi, agar u 37 darajadan oshib tursa bu homiladorlik alomatidir. Shuningdek ulьtratovush tekshiruvi yordamida homiladorlikni 3-4chi haftadayoq aniqlash mumkin.
Homiladorlik davri: muammolar sababi nimada?