ZOKIROV Akmal Boqijonovich haqida

ZOKIROV Akmal Boqijonovich haqida

ZOKIROV Akmal Boqijonovich

ZOKIROV Akmal Boqijonovich (1971.7.5, Toshkent) — kikboksing boʻyicha jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi (1996). 1993-y. dan Toshkentdagi «Billur» sport klubida kikboksing bilan shugʻullana boshladi. Murabbiysi — B. Sh. Zokirov. 3. 1994 — 98 y. larda Oʻzbekiston chempioni, 1994-y. Osiyo chempionatida 1-oʻrin, 1995-y. jahon chempionatida (Kiyev) 2-oʻrinni egalladi. 9 jahon chempionatida (Praga, 1996) 55 kg vaznda gʻolib boʻldi. Birmingem (Angliya), Dubrovnik (Xorvatiya), Gdansk (Polsha)da boʻlib oʻtgan jahon chempionatlari sovrindori. 3. yosh kikboksingchilar bilan munta-zam mashgʻulot olib boradi.

Ensiklopediya.uz
ZOKIROV Akmal Boqijonovich