ZIRO haqida

ZIRO haqida

ZIRO

ZIRO — qad. uzunlik oʻlchov birligi; koʻpgina sharq mamlakatlarida qoʻllanilgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning qarisita toʻgʻri keladi; oʻrtacha qiymati 54,04 sm. Ishlatilish joyiga qarab har xil qiymatga ega boʻlgan. Eronda 3. = 1 gaz boʻlsa, Turkiyada (hoz. vaqtda) 1 3. = 65 sm. Boburiylar davlatida shoh Z. si mavjud boʻlib, u 81,28 sm ga teng boʻlgan. Akbarshoh 1 Z. ni 83,31 sm deb belgilagan. Agrada 1647-y. da rasmiy ravishda 1 3. = 81,28 sm deb kabul qilingan. Musulmon mamlakatlarida qoʻllanilgan Zironing yana 48,9 sm dan 145,608 sm gacha kiymatlarga ega 20 dan ortiq turi mavjud boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
ZIRO