JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI haqida malumot bilib oling.

JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONIQozogʻiston shim. dagi kon. Tobol daryosi irmogʻi havzasida Jetigʻara oʻta asos togʻ jinslari massivining jan. qismida joylashgan. 1916-y. da ochilgan, 1939—42 y. larda razvedka qilinib 1965-y. dan ishga tushirilgan. Kon 4 ta asbest uyumidan iborat. Eng yirik «asosiy» uyumi ishlab chiqarishda. Asbest zaxirasi (37 mln. t) ning 80% shu uyumda. Uyumning uz. 3800 m, qalinligi 80—100 m dan (shim. da) 450—500 m. gacha (jan. da). Xrizotil-asbest joylashgan jinslar serpentinit va serpentinlashgan peridotitlardan iborat. Rudadagi xrizotilasbestning miqdori 3,88%. Qazib olish va qayta ishlash markazi — Jetigʻara.

Ensiklopediya.uz
JETIGʻARA XRIZOTIL ASBEST KONI