Urganch davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.
Urganch davlat universitetida 10 ta fakultet, 34 ta kafedra faoliyat ko’rsatib, ularda 47 ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 21 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
FAKULTETLAR: Fizika — Matematika fakulteti, Filologiya fakulteti, Texnika fakulteti, Pedagogika fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Tarix fakulteti, Turizm va iqtisodiyot, Kimyoviy texnologiyalar, San’atshunoslik fakulteti