Milliy rassomlik va dizayn instituti kirish ballari 2023

Milliy rassomlik va dizayn instituti kirish ballari 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi «O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi.

Bugungi kunda sohalari bo‘yicha tayyorlanayotgan yuqori malakali mutaxassislar, grafika, rangtasvir, haykaltarosh, kulol, ta’mirlash bo‘yicha mutaxassislar, dizaynerlar, san’atshunoslar, muzeyshunoslar, art-menejer va kasbiy pedagoglar mamlakatimizdagi turli jabhalarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Institutda 4 ta (Tasviriy san’at, Amaliy san’at, San’atshunoslik, Dizayn) fakulteti, 17 ta kafedra hamda Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 
Kirish ballari va qabul kvotalari

Oliygohlar
Milliy rassomlik va dizayn instituti kirish ballari 2023