Birinchi o‘zbek mashinist ayoli BASHORAT MIRBOBOYEVA
Birinchi o‘zbek mashinist ayoli, parashyutda sakragan ilk ayol — BASHORAT MIRBOBOYEVA Bashorat Mirboboyeva (1916-2010) haqida juda kam narsa maʼlum. U “Ogonyok” (“Alanga”) jurnalidagi maqoladan so‘ng yulduz bo‘lib porladi. Fotosuratli yangilik 1951-yilda nashr etilgan. Rasmda professional mashinist formasini kiygan Bashorat jilmayib turibdi. Ortida esa ikkita temir yo‘l vagoni turibdi. Bashorat Mirboboyeva Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida tug‘ilgan. Uning qanday qilib O‘zbekistonga ko‘chib kelgani nomaʼlum, biroq 1937-yildan mashinist bo‘lib ishlay boshlagan va O‘zbekistonda bu kasbni egallagan birinchi ayol bo‘lgan. Uning ustozi sovet uchuvchisi Abdusamat Taymetov (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdusamat_Toymetov) edi. 1941-yil 29-dekabrda Mirboboyeva O‘zbekiston SSR hukumati rahbari Yo‘ldosh Oxunboboyev bilan birga delegatsiyani Janubi-g‘arbiy frontga yetkazdi. Keyinchalik u SSSRda xizmat ko‘rsatgan temir yo‘l xodimasi, O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimasi unvonlariga sazovor bo‘ldi. @Sahifa13Birinchi o‘zbek mashinist ayoli BASHORAT MIRBOBOYEVA
DO`STLARGA ULASHING:
Birinchi o‘zbek mashinist ayoli BASHORAT MIRBOBOYEVA