Python dasturlash tili: 3.1-dars
Kommentariy
Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini o’qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo’lib xizmat qiladi.
Misol uchun:
print(‘Hello World!’) # print — bu funksiya
yoki:
# print — bu funksiya
print(‘Hello World!)
Dasturingizda imkon qadar ko’p foydalik sharh yozishga harakat qiling.
Ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
• fikringizni;
• yechimdagi muhim joylarni;
• muhim bo’lgan qismlarni;
• yechishga harakat qilayotgan muammolaringizni va boshqalarni;
Bularning hammasi sizni dasturingiz kodini o’qiyotganlar uchun foydalik bo’ladi va dasturingiz nima qilishini oson tushunishga yordam beradi.
Literal konstantalar
Literal konstanta son bo’lishi mumkin, misol uchun 5, 1.23, 9.25e-3 yoki
‘It’s a string!».
Ularning literal deb nomlanishiga sabab biz ularni qiymatini ishlatamiz xolos.
2 soni bu konstanta chunki uni qiymatini o’zgartirib bo’lmaydi.
Son
Sonlar python dasturlash tilida 3 turda bo’ladi:
- butun sonlar,
- haqiqiy sonlar va
- kompleks sonlar.
• Butun songa misol 2.
• Xaqiqiy sonlarga misol 3.23 va 52.3e-4.
• Kompleks sonlarga misol (-5 + 4i) va (2.3 – 4.6i)
Satr
Satrlar – bu belgilar ketma-ketligi. Ko’p hollarda satrlar so’zlar jamlanmasidan tashkil topadi.
Satrlarni quyidagicha xosil qilish mumkin.
Bir tirnoqdan foydalangan holda.
Misol uchun:'Python dasturlash tili'
Qo’sh tirnoqdan foydalangan holda.
Misol uchun:"
Ismingiz kim?"
Bir tirnoq(‘) yoki qo’sh tirnoqni(«) 3marta takrorlash orqalik ko’p qatorlik satrlarni xosil qilish mumkin.
Milsol uchun:
«‘Bu ko’p qatorlik satr. Bu uning birinchi qatori.
Bu uning ikkinchi qatori.
“Isming kim?», – so’radim men.
U javob berdi: “Bond, James Bond.»
«‘
Satr konstantalarini birlashtirish uchun ularni yonma-yon joylashtirishning o’zi kifoya. Python avtomat ularni birlashtiradi. Misol uchun: «Ismingiz» «kim?» avtomat «Ismingiz kim?» ga aylanadi.
Eslatma: Bir tirnoq va qo’sh tirnoqdagi satrlar bir-biridan hech ham farq qilmaydi.
format metodi
Ba’zan satrni ba’zi bir ma’lumotlar asosida tuzish kerak bo’ladi. Bunda bizga format() metodi yordam beradi.
Quyidagi kodni str_format.py fayliga yozing va uni python interpretatori yordamida ishga tushiring:
print(‘{0}ning yoshi — {1} da.’.format(‘Swaroop’, 26))
print(‘Nima uchun {0} Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))
Natija quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Bu qanday amalga oshadi:
Satrning ma’lum joylariga aniq bir qiymatni joylashtirish uchun satrning o’sha joylari ‘{0}’ va ‘{1}’ lar bilan belgilanadi. Python hisobni 0 dan boshlagani uchun birinchi belgilangan joyga 0 va ikkinchi belgilangan joyga 1 qo’yildi.
Biz bunday natijaga
'Swaroop' + 'ning yoshi' + '--' + str(26) + 'da'
kabi yozib xam erishishimiz mumkin. Lekin ko’rib turganizdek bunday uslubda yozish qulay emas va biror xatolikka yo’l qo’yish oson.
Satrdagi ma’lum joylarni raqamlar bilan ifodalash shart emas. Quyidagicha yozsak ham bo’ladi:
print(‘{}ning yoshi — {} da.’.format(‘Swaroop’, 26))
print(‘Nima uchun {} Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))
va yuqoridagi kabi natija olish mumkin.
‘format’ metodi imkoniyatlari.
Kasr qiymatini mingdan bir aniqlikda olish mumkin:
>>> '{0:.3}'.format(1/3)
‘0.333’
Satrni ma’lum uzunlikkacha to’ldirish berilgan satrni markazda saqlagan holda:
>>> '{0:_^11}'.format('hello')
___hello___
Kalit so’zlar yordamida satrni xosil qilish:
>>>'{name}ning yozgan kitobi {lang} dasturlash tili xaqida'.format(name='Swaroop', lang='Python')
‘Swaroopning yozgan kitobi Python dasturlash tili haqida’
‘format’ metodi imkoniyatlariga keyinchalik yana qaytamiz.
Manba:
Umumiy Dasturlash
Python dasturlash tili: 3.1-dars