DONIYOLBIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DONIYOLBIY haqida malumot bilib oling.

DONIYOLBIY (1785) – mangʻitlarning nufuzli biyaridan, otaliq. Buxoro amiri Muhammad Rahimning katta amakisi. 1758-y. 24-martda Muhammad Rahim vafotidan soʻng uning oʻgʻillari boʻlmagani uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi Foziltoʻra oʻtkazilgan, Miyonkol hokimi boʻlgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi bulgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burqut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon koʻtarib, 10 ming yigitni qurollantirib Buxoro tomon yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga koʻra, Foziltoʻrani taxtdan tushirib, urniga ashtarxoniy shahzodalardan bulgan Abulgʻozi xonlik taxtiga oʻtqazilgan (1758 — 85). Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni oʻz qoʻlida saklab qolgan. Doniyolbiy otaliq davrida ham oʻzaro urushlar davom etib, Karmana, Oʻratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va b. joylarda mahalliy kuchlar bosh kutarib, poytaxt izmidan chiqishga harakat qilganlar. 1781-y. Rossiya hukumati Buxoro bilan savdo bitimi tuzishni taklif etganida Doniyolbiy bu bitimni 92 oʻzbek kabilasi boshliklari roziligisiz im-zolay olmasligini bildirgan. Bu holat Doniyolbiy davrida Buxoro amirligidagi siyosiy markazlashuv darajasi Muxammad Rahim davridan ancha past boʻlganidan darak beradi. Bu tabiiy suratda Buxoro sh. aholisining noroziligiga sabab boʻlgan. Bundan tashqari D. qoʻshin taʼminoti uchun koʻplab qoʻshimcha soliqlar joriy etib, bu bilan poytaxtdagi hunarmandlar va savdo ahlini oʻziga qarshi qaratib qoʻygandi. 1784-y. Buxoroda qoʻzgʻolon koʻtarilib, unda mingga yaqin kishi oʻldirilgan. Doniyolbiy hokimiyatni shaharliklar orasida obroʻ-eʼtibori baland boʻlgan oʻgʻli Shohmurod (1785— 1800) ga topshirishga majbur boʻlgan. Buxoro xonligini birlashtirish va markazlashtirish uchun kurashni Shohmurod davom ettirgan. Shohmurod Doniyolbiy joriy etgan soliklarni bekor qilgan.

Mangʻitlardan boʻlgan buxorolik tarixchi Muhammad Yoqubning yozishicha: «Doniyolbiy saxiy va muruvvatli hokim sifatida mashhur boʻlgan, lekin davlat (moliya) ishlari bilan qiziqmagan. Biron ishni boshlashdan oldin ishning koʻzini biladigan kishilar bilan maslahatlashgan». D. xonlik unvonini qabul qilmagan, otaliq unvoni bilan qanoatlangan.

Doniyolbiy davrida meʼmoriy yodgorliklardan Xalifa Xudoydod majmuasi (masjid, Madrasa, sardoba va mozor, 1777) qurilishi boshlangan.

Ensiklopediya.uz
DONIYOLBIY