DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR haqida malumot bilib oling.
DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR (Bruchidae) – oʻsimlikxoʻr qoʻngʻizlar oilasi. 1200 ga yaqin turi bor. Bargxoʻr qoʻngʻizlar oilasiga yaqin turadi. Tanasi uz. 5 mm dan ortiq. Yaxshi uchadi. Tuxumdan endigina chiqqan lichinkalarining uch juft oyogʻi boʻlib, ular keyinchalik yoʻqolib ketadi. Ular, asosan, dukkaklilar uru-gʻida, baʼzan pechakguldoshlar, soyabondoshlar va b. oʻsimliklar urugʻida rivojlanadi. Noʻxat, loviya D. q. lari, xitoy D. q., toʻrt nuqtali Donxoʻr qoʻngʻizlar Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Donxoʻr qoʻngʻizlar oʻsimliklar urugʻi b-n osongina tarqaladi. Bir qancha turi (mas, loviyaxoʻr, noʻxatxoʻr va b.) dukkakli oʻsimliklar urugʻini zararlaydi. Donxoʻr qoʻngʻizlar tuxumini dukkaklilar guliga yoki qoʻzogʻiga qoʻyadi, qurtlari qoʻzoq qobigʻini kemirib, urugʻi ichiga kirib oladi. Urugʻ ichida qurtlari barcha rivojlanish davrlarini oʻtaydi (kurash choralari haqida q. Ombor zararkunandalari).
Ensiklopediya.uz
DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR