DISFAGIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DISFAGIYA haqida malumot bilib oling.

DISFAGIYA (due… va yun. phagein — yutmoq, yemoq) — ovqat yoki suv yutishning buzilishi. Halqum, hiqildoq va qiziloʻngach devorlarining shikastlanishi, ularga yot jismlar tiqilishi, yalligʻlanish, isteriya va b. asabiy-ruhiy kasalliklarda bu aʼzolarning to-rayishi (spazm), shuningdek, baʼzi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish) D. ga sabab boʻladi. Qiziloʻngach rakida ham Disfagiya kuzatiladi. Belgilari: ovqat yutgan vaqtda ogʻriq seziladi, burun, hiqildoq, kekirdak, koʻks oraligʻiga ovqat ketib qoladi. Disfagiyaga sabab boʻlgan omillar aniqlanib, tegishli doridarmonlar buyuriladi.

Ensiklopediya.uz
DISFAGIYA