Go‘shtli dimlama
Go‘shtli dimlama
DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: 500 gr. mol go‘shti, 2 ta bosh piyoz, 1 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq tomat pastasi, tuz, qalampir, lavr yaprog‘i va ko‘katlar.
Tayyorlanishi: go‘sht yirikroq somoncha shaklida to‘g‘raladi. Piyoz ham yirik shaklda to‘g‘raladi. Chuqurroq tovaga yog‘ solinib, go‘sht baland olovda qovuriladi. So‘ng uning ustidan piyoz solinib, 5-7 daqiqa davomida o‘rtacha olovda yana qovuriladi. Lavr yaprog‘i, tuz, un sepib, yaxshilab aralashtiriladi va qovurish davom ettiriladi. Keyin tomat pastasi va 1-2 stakan suv solib, tovaning og‘zi yopiladi va 1 soat-u 30 daqiqa dimlab qo‘yiladi. Tayyor dimlangan go‘sht ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/goshtli-dimlama/
Go‘shtli dimlama