DODEKAFONIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DODEKAFONIYA haqida malumot bilib oling.

DODEKAFONIYA (yun. dodeka – oʻn ikki va phone — tovush) — atonal musiqann muayyan qoidalarga boʻysundirish maqsadida yaratilgan kompozi-torlik texnikasi. 1910-y. larda Avstriyada Y. M. Xauer, F. G. Klayn, shuningdek, rus kompozitori N. Roslaveslar Dodekafoniyaga yaqin tarzda asarlar yaratishga uringan. Mukammal Dodekafoniyaning qonunqoidalarini avstriya kompozitori A. Shyonberg (10 yildan ziyodroq davr mobaynida) ishlab chiqib, muhimi, ijodiy amaliyotda qoʻllagan (1923-y., fortepiano uchun 3 ta pyesa). D. da asarni tashkil etuvchi kuy va hamohangliklar majmui seriya deb atalib, turli balandlikdagi 12 xromatik, teng huquqli tovushning muayyan izchilli-gidan tuziladi, bunda registr, gori-zontal va vertikal yoʻnalishlar erkin ravishda almashadi. Dodekafoniya ustalari orasida A. Shyonbergning shogirdlari A. Berg, A. Vebern, rus kompozitori I. Stravinskiy, polyak V. Lyutoslavskiy, italyan mualliflari L. Dallapikkola, L. Nono, yapon kompozitorlari Yo. Matsudayra, T. Mayudzumi, K. Fukusima va b. tanilgan. Oʻzbekistonda ilk bor F. Yanov-Yanovskiy, M. Tojiyev, N. Zoki-rov, keyinchalik M. Maxmudov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b. kompozitorlar Dodekafoniyaning ayrim xususiyatlaridan foydalanishgan.

Ad.: Kogoutek S., Texnika kompozitsii v muzыke XX veka, M., 1976.

Ensiklopediya.uz
DODEKAFONIYA