DEMOKRATIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DEMOKRATIYA haqida malumot bilib oling.

DEMOKRATIYA (yun. demos — xalq va …kratiya) — fukarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishi. Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar to-monidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik D. si (karorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, Demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan Demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shartsharoitlarga moslasha borgan. Har bir davlatda, millatda oʻziga xos qadriyatlar, mentalitet, anʼanalar mavjuddir. Ular jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta taʼsir koʻrsatadi, binobarin demokratik muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, al-batta, hisobga olinadi. Demokratik davlatda (q. Davlat) inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti qar narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukam mal rivojlanib boradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yoʻlida katta qadam qoʻydi. Demokratik tartibotlarni qayotga olib kiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini xamda fukarolik jamiyati boʻgʻinlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi qonunlar qabul qilinib, amalda ishlay boshladi.

Ensiklopediya.uz
DEMOKRATIYA