O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi

O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi

O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi

O’zbekistonning Stolik startapi Rossiya, Armaniston, Qozog’iston, Gruziya, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston davlatlari ishtirok etgan Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy final bosqichida uchinchi o’rinni egalladi. Bu haqda «Mobinfo.uz» xabar beradi.

Tanlovning hududiy bosqichi tashkilotchisi VimpelCom (Beeline savdo belgisi) kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, g’oliblar pul mukofotlari va tanlovning Barselonada bo’lib o’tadigan xalqaro finaliga borish imkoniyatini qo’lga kiritdi (yo’l haqi tashkilotchilar tomonidan to’lanadi).

Tanlovda Stolik’dan tashqari, O’zbekistondan «Rank.uz» va «Ideal xizmatlar» loyihalari ham ishtirok etdi.

Stolik – restoranda stolni band qilish uchun bepul mobil dasturdir. Hozirda uning tizimida 14 ta restoran mavjud bo’lib, ularning soni o’sib boradi. Tanlov shartlariga ko’ra, Stolik jamoasi o’n ming dollar va Barselonaga borish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Tanlovda ikkinchi o’rinni Qozog’istonning «Men volontyorman» jamoasi, birinchi o’rinni esa Qirg’izistonning ArtAsian jamoasi egalladi.

Manba:

Startup
O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi