№1 Dars — Yii framework haqida

№1 Dars — Yii framework haqida

№1 Dars - Yii framework haqida

Assalomu alaykum aziz o`quvchi! Biz siz bilan birgalikda hali ko`pchilik uchun uncha tanish bo`lmagan Yii tehnologiyasi haqida gaplashmoqchimiz.
Yii – bu ko`p tarmoqli web ilovalar qurish uchun yuqori sifatli komponentlar asosidagi PHP – framework strukturasidir. U katta kodlardan qayta va qayta foydalanishda moslashuvchanlikni va web ilovani tezkoriligini oshirishiga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda oddiy, samarali va keng ko`lamli php – framework.
Keling PHP frameworklarning o`zaro imkoniyatlarini chamalangan holda ko`rib chiqaylik.

e284961 dars yii framework haqida 65e61eaab7fa6

MVC: Model-View-Controller arxitekturasi bo`yicha qurish imkoniyatiga ega.

Multiple DB’s: Bir ma`lumotlar omboridan boshqa bir qancha ma`lumotlar omboriga o`zgartirishlarsiz amalga oshirilishi xususiyatiga ega.

ORM: ActiveRecord da ma`lumotlar obyekti bog`lanishi arxitekturasini amalga oshirish.

DB Objects: Ma`lumotlar ombori bilan ishlash xususiyatiga ega. ( Insert, Delete, Update kabilar)

Templates: Qurilgan shablonlar mexanizmi frameworkiga ega.

Caching: Berilgan obyektlarni keshlash yoki shu kabi boshqa uslubdagi keshlashga ega.

Validation: Ma`lumotlar oqimini tekshirish yoki filtrlash xususiyatiga ega.

Ajax: Frameworkda ajax tehnologiyasi orqali ishlash xususiyatiga ega.

Auth Module: Foydalanuvchilarni authentication qilishda o`zining maxsus moduliga ega.

Modules: Frameworkning o`zida maxsus komponentlarga ega (misol uchun: PDF moduli, RSS moduli). Ya`ni foydali komponentlar jamlanmasi

EDP: Event Driven Programming. Eventlar bilan ishlash xususiyatiga ega. Misol uchun jquery kutubxonasining click, dbclick eventlari kabi.

Qo`shimcha ma`lumot: Har bir framework o`zining biznes logikasiga ega va bu logika frameworkning qaysidir qismida yotadi. Yiining biznes logikasi Modelda joylashgan. Biznes logika deganda — qurilayotgan web ilovaning asosiy qismini tashkil qiluvchilari tushuniladi. Masalan: Validation, beforeSave, afterSave kabilar shular jumlasidan. Manba:

Web Dasturlash
№1 Dars — Yii framework haqida