C# : dll tayyorlash
C# da dll fayl tayyorlash 2 qismdan iborat. Birinchi qism dll faylni tayyorlash , ikkinchisi uni ishlatish.
Oddiy a+b ni hisoblaydigan dll tayyorlaymiz.
Buning uchun:
- Yangi proyekt yaratamiz.
File->New->Project->Visual C#->Class Library
- Class yaratamiz. AddClass degan. Yoki Class1.cs ni nomini AddClass.cs deb o’zgartirishimiz ham mumkin
- Class ichiga quydagi kodni yozamiz
using System; namespace MyAddDll { public class AddClass { public static int Add(int a, int b) { return(a+b); } } }
- Dasturni ishga tushiramiz. Shunda Sizning ichida MyAddDll.dll fayli paydo bo’ladi. Endi buni boshqa dasturlarda ishlatish mumkin. Birinchi qism yakunlandi. Ikkinchi qism .dlldan foydalanishga o’tamiz.
- Yangi proyekt yaratamiz
File->New->Project->Visual C#-> Windows Forms Aplication
- Form1 da quyidagicha shakl tayyorlaymiz
- Tayyorlagan dll faylimizni ushbu proyektga import qilamiz:
References -> Add Reference…
- Button (=) ni ikki marta chertamiz. Va uning kod yoziladigan qismiga quyidagicha kod yozamiz:
int a, b; a = Convert.ToInt32(numericUpDown1.Value); b = Convert.ToInt32(numericUpDown2.Value); numericUpDown3.Value = AddClass.Add(a,b);
- Kutubxonalar qo’shiladigan qismga tayyorlagan kutubxonamizni qo’shamiz:
- Tayyor. Natija quyidagi ko’rinishda
using MyAddDll;
Manba:
Umumiy Dasturlash
C# : dll tayyorlash