DO`STLARGA ULASHING:
Insonlarda uchraydigan xastaliklarning aksariyatiga noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida kelib chiqadi. Quyida taqdim etilayotgan ma’lumotlar sog‘ligimizni mustahkamlashga ko‘mak beruvchi mahsulotlar miqdori haqida bo‘lib, ularni ovqat ratsioniga kiritsangiz ayni muddao.
- Meva. Mustahkam sog‘liqqa ega bo‘lish uchun kun davomida 300 gramm meva tanovul qiling.
- Yong‘oq va danaklar. Yong‘oq va pistani 30 grammdan haftada 5 martadan kam bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
- Dengiz mahsulotlari. Omega-3 kislotasi mavjud yog‘ mahsulotlariga boy dengiz mahsulotlarini har kuni 250mgdan tanovul qiling. Bu sog‘lik uchun juda foydali
- Tuz. Ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilish sog‘lik uchun zararli. Kun davomida 2 gr.dan ortiq bo‘lmagan miqdorda tuz iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
- Ko‘p miqdordagi shakar. Shirin gazli ichimliklar hech qanday foydali xususiyatga ega emas. Sog‘ligingiz uchun bu kabi mahsulotlardan voz kechganingiz maqul.
- Go‘sht. Organizm uchun hafta davomida 100 gr. miqdordagi go‘sht mahsuloti yetarli sanaladi.
- Sabzavotlar. Kun davomida 400 gr miqdorida sabzavot iste’mol qiling.
- Dukkakli mahsulotlar. Guruch, grechka, suli kabi mahsulotlar iste’mol qiling.
Xurshida Husenova
soglom.uz/tavsiya/foydali-raqamlar/