Toshkentda #MITCROADMAP2018 anjumani bo’lib o’tadi
2018-yil 22-may kuni Toshkentdagi Inha Universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo’lib o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» tasdiqlangan. Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018 anjumanida AKT-sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinadi.
Ushbu anjumanda quyidagi spikerlar ushbu turli xil mavzular bo’yicha fikr yuritishadi:
-
Azim Axmedxadjayev
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
O’zbekiston ICT-sohasi: hozirgi holat va istiqbol; -
Farhod Roziyev
«O’zbektelekom» AK Bosh direktori
Milliy operatorning tubdan isloh qilinishi; -
Sarvar Babaxodjayev
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori
IT-education: Innovatsion avlodni tayyorlaymiz; -
Farhod Ibragimov
Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori
MUIC 360°; -
Hikmat Abdurahmonov
Tadbirkor, Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi (AMBiT) raisi
Davlat va xususiy sheriklik: AKT vazirligi bilan hamkorlik mustahkamlanadi; -
Yevgeniy Birger
Konsultant -
Moderator:
Olimjon Umarov
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari
Anjumanda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.
Buning uchun 2018-yil 17-mayga qadar mana bu havola orqali ro’yxatdan o’ting va maxsus guvohnoma (beyjik) ga ega bo’ling.
Ishtirokchilar soni chegaralangan. OAV ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
Yangiliklar
Toshkentda #MITCROADMAP2018 anjumani bo’lib o’tadi