CodingMonday #07

CodingMonday #07

CodingMonday #07

Assalom alaykum.

2018-yil 20-avgust dushanba kuni Toshkentdagi GroundZero(TexnoPlaza) kovorking markazida navbatdagi «CodingMonday #07» bo’lib o’tadi. Bu galgi tadbirda quyidagi mavzular bo’yicha chiqishlar bo’ladi:

1. «Clojure — Javadan keyin hayot bormi?». Spiker Olim Saidov. 29 yosh, malaka 7 yil. funksional dasturlash muxlisi, Nowmedia Technologies bosh muxandisi. Mushuklarni va velosportni yaxshi ko’radi.

2. «Shoxlarda Python» — Python dasturchilar uchun workshop. Spiker Shokirov Saidravshan. 23 yoshda. 7 yildan beri AT sohasida faoliyat olib boradi. Hozirda Wiener Deming kompaniyasida Senior Backend dasturchi bo’lib ishlaydi. Ping-pong, filmlar va mashinani o’qitishga qiziqadi.

3. «Clean Architecture’dan foydalanib Android mobil ilovalar yaratish». Spiker Yusuf Abdullayev. 20 yoshda, Android uchun dastur yaratish bo’yicha 3 yillik malakaga ega. Hozirda Anvics.ru kompaniyasida Android Developer dasturchi bo’lib ishlaydi.

4. «Mikroservislar — nimadan boshlash va nimalardan ehtiyot bo’lish kerak» — mavzusida munoza bo’lib o’tadi.

Ro’yxatdan o’tish: https://goo.gl/forms/Dfk1tL35WqalZJ1X2

Tadbir facebookda: https://www.facebook.com/events/2613807672178059/

Sana: 20-avgust 2018-yil

Vaqt: 18:00
Manzil: GroundZero(TexnoPlaza) kovorking markazi

Kirish: 15 000 so’m.

Boshqalar
CodingMonday #07