GIPOSMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOSMIYA haqida malumot bilib oling.

GIPOSMIYA (gipo… va yun. osme — hid bilish) — hid bilish sezgisining susayishi. Bunday odam har qanday yoki baʼzi xidni sezmasligi mumkin. Burundan nafas olish buzilganda, burun boʻshligʻining shilliq qavati oʻtkir yoki surunkali yalligʻlanganda, hid bilish nervining periferik qismi kasallanganda, hid bilish markazi zararlanganda (tugʻma Giposmiya) roʻy beradi. Bosh miyaning peshona boʻlagida yoki miyachada oʻsma paydo boʻlganida, nevroz, psixoz kabi kasalliklarda ham baʼzan Giposmiya kuzatiladi. U bir va ikki tomonlama, vaqtincha yoki ayrim hidlarga nisbatan boʻlishi mumkin. Davo kasallikni keltirib chiqargan asosiy sabablarni bartaraf etishga qaratiladi.

Ensiklopediya.uz
GIPOSMIYA