Chilonjiyda

Chilonjiyda

Chilonjiyda

DO`STLARGA ULASHING:

Chilonjiyda dala va bog‘larda o‘sadigan shifobaxsh meva bo‘lib, uning tarkibida 40-60 foiz qand, 3 foiz oqsil, organik kislotalar, S vitamini, oshlovchi moddalar, karotin, bargida esa alkaloidlar, flavoidlar va boshqa shifobaxsh moddalar bor.
chilonjiyda
U xalq tabobatida tana a’zolarining tarangligini oshiruvchi, peshob haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi dorivor vosita sifatida qo‘llaniladi. Chilonjiyda mevasidan tayyorlangan damlama ko‘krak og‘rig‘i, yo‘tal, chechak, kamqonlik va ich ketish kasalliklarida og‘riq qoldiruvchi va qon to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ibn Sino ham uning mevasini ko‘krak og‘rig‘i, o‘pka, buyrak va qovuq kasalliklarini davolash uchun qo‘llagan. Shuningdek, u gipertoniya va ateroskleroz kasalliklarida ham samarali vosita hisoblanadi.
Chilonjiyda mevasidan damlama tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan idishda qaynab turgan 1 stakan suvga 20 gr. maydalangan mevadan solib, 1 soatga damlab qo‘yiladi. So‘ngra dokadan suzib olinadi. Damlamani kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 2 osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.
Shoira ALIMUHAMEDOVA,
1-Respublika tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
soglom.uz/tavsiya/chilonjiyda/

Chilonjiyda