Qaysi bemorlarni zudlik bilan shifoxonaga joylashtirish tartibi belgilandi
DO`STLARGA ULASHING:
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi engil, o`rtacha og`ir va og`ir o`tayotgan bemorlarni davolash standartlari tasdiqlanadi hamda fuqarolarga tavsiya etiladigan dori vositalarining yagona ro`yxati shakllantiriladi. Ular koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo`yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarorida aks etgan, deb yozmoqda «Darakchi.uz» nashri.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Uy sharoitida karantinni tashkillashtirish tartibi to`g`risida uslubiy ko`rsatma ham tasdiqlandi.
Shu bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida:
• respublikadagi barcha dorixonalarni zarur dori vositalari bilan ta`minlash hamda dorixonalarda dori vositalarining narxlari barqarorligini ta`minlash;
• koronavirus infeksiyasini davolashga mo`ljallangan shifoxonalarni kislorod bilan ta`minlangan holda shayligini tayyorlash;
• koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni klinik belgilariga asosan test javoblarini kutmasdan tibbiy yordamni tashkil qilish bo`yicha zarur choralar belgilandi.
Mutasaddilarga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni shifoxonaga joylashtirishning aniq va shaffof mezonlarini ishlab chiqish hamda bemorlarni shifoxonaga joylashtirishda ushbu mezonlarga qat`iy amal qilish ustidan aniq topshiriqlar berilgan. Bunda, qandli diabet, onkologik, yurak qon-tomir, autoimmunlik kassaliklari, metabolik sindromi mavjud hamda 55 va undan yuqori yoshdagi bemorlarni birinchi navbatda shifoxonaga joylashtirilishi belgilandi.
Shu maqsadda koronavirus bilan kasallanganlarni davolanish uchun joylashtirish muassasalarining zaxirasini tayyorlash hamda fuqarolarni to`g`ri taqsimlagan holda joylashtirish maqsadida barcha hududlarda maxsus taqsimlash markazlari faoliyati tashkil etilmoqda.
Qaysi bemorlarni zudlik bilan shifoxonaga joylashtirish tartibi belgilandi
Related Posts