Vaqtni boshqarish. 10 sabab, nima uchun biz hech nimaga ulgura olmaymiz

Vaqtni boshqarish. 10 sabab, nima uchun biz hech nimaga ulgura olmaymiz

Vaqtni boshqarish. 10 sabab, nima uchun biz hech nimaga ulgura olmaymiz

Mundarija скрыть
Vaqtni boshqarish. 10 sabab, nima uchun biz hech nimaga ulgura olmaymiz
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

“Vaqt bu pul” degan gap XXI asrga kelib o’zining dolzarbligini yo’qotdi. Vaqtni ishlab olib, o’g’irlab yoki bankdan kreditga olib bo’lmaydi. U bebaho, vaqtni boshqarish esa omadga erishishning asosiy shartidir.
s30763328
 Biz barchamiz gohida hech narsaga ulgura olmayotganimizdan noliymiz. Bugun Gooper.uz da vaqtimizdan to’g’ri foydalanishga halal beruvchi 10 ta asosiy hato haqida ma’lumot beramiz.
photo 2018 05 19 22 55 24
1.Biz orzu qilmaymiz
Nega endi vaqtimizga e’tibor berishimiz kerak, agar bizning orzuyimiz bo’lmasa. Eng omadlim haqiqiy ulkan natijaga erishgan insonlar qalblarini tubidan yosh bolalardek orzu qilishgan. Har bir minutni tejashgan, orzularini amalga oshirish uchun.
2. Biz oldindan re’ja tuzmaymiz
 Biz ish kunimizni re’jalashtirishga o’rganib qolganmiz, negaki shunday qilish kerak. Qolgan vaqt esa o’z – o’zidan va qarovsiz holda o’tib ketadi. Bo’sh vaqtimiz ma’noga ega va unutilmas bo’lishi uchun uni e’tibor bilan va tejab ishlatishimiz kerak.
3. Biz kerakli ishni qilmaymiz
 Har doim tez qilish kerak bo’lgan va muhim bo’lmagan ishlardan boshlaymiz. Bu bilan doim kerakli ishlarni orqaga suramiz va oxir oqibatda hech narsaga ulgurmay qolamiz. Eyzenxauer Matritsasidan foydalaning, faqatgina eng muhimlarini saralab oling. Shunda, qanday qilib kam ish qilib, ko’p narsaga ulgurishni o’rganib olasiz.
4. Biz kun tartibiga amal qilmaymiz
Yarim tungacha uxlamay o’tiramiz, kunduz kuni huddi zombidek hayot kechiramiz, dam olish kunlari tushlikkacha uxlaymiz va kun tartibi faqat bog’chada kerak deb o’ylaymizmi? Agar siz barcha narsaga ulgurishni hoxlasangiz siz yaxshi uxlashingiz va barvaqtroq uyg’onishingiz kerak.
5. E’tiborni jamlay olmaymiz
Birdaniga hammasiga yopishish – bu foydalilikning eng shafqatsiz qotili va zamonaviy insonning ofati. Bizning miyamiz – bu operativ xotira, birdaniga qanchalik ko’p vazifani bajarsa, noaqal ulardan biri muvaffaqqiyatli yechim topishining imkoniyati shunchalik kamdir.
6. Biz vazifalar ro’yhatini tuzmaymiz
Vazifalar ro’yhati, yoki hozir uni zamonaviy qilib “to-do list” deb atashadi. U nafaqat vijdon sofligi uchun kerak. Undage muhimi – natija. Har bir bajarilgan ishdan o’ziga xos energiya olasiz va bu miyangizga siz to’g’ri yo’ldan ketayotganingiz haqida signal beradi.
7. Biz bo’lishmaymiz
“Yaxshi qilib bajarmoqchimisan – o’zing bajar” degan gap yoshligimizdan bizni qo’ynimizni son sanoqsiz ishlarga to’ldirishga o’rgatib qo’ygan. Vazifalarni bo’lib berish, ishchilarga, qo’l ostingizdagilarga, bolalaringizga – foydalilikning asosiy prinsipidir. Uning yordamida eng muhim ishlarnigina bajarib doim barcha narsaga ulgurishimiz mumkin.
8. Biz dam olmaymiz
Qanchalik g’alati eshitilmasin, ammo aynan o’zimizni dam olishdan tiyishimiz, hayotimizdagi har xillik va ishga yengil qarashimiz bizni foydasiz qilib qo’yadi. Hayotda muvozanatni saqlang va o’z kuchingizni tiklab olishni unutmang.
9. Biz ideallikka intilamiz
Done is better than perfect: “Yakunlash idealdan ko’ra yaxshiroq” – Facebook komandasining asosiy prinsiplaridan bir. Cheksiz ravishda bir ishni bajarishda davom etishimiz mumkin, ammo siz oldinga harakat qilishni istasangiz, vaqtida nuqta qo’yishni bilishingiz kerak.
10. Biz o’z vaqtimizni hisoblamaymiz
Siz juda hayratlanasiz, agar o’zingizning vaqtingiz nimaga ketayotganini va muhim narsalarga qanchalik kam qolayotganini bilsangiz. Yo’ldaki tirbandliklar, “gap sotishlar”, internet va ijtimoiy tarmoqlar – vaqtning ofatlari, hayotimizning katta qismini o’g’irlab olishadi ular. Hayotingizga tashqi tomondan nazar tashlash uchun hafta davomida ketgazgan vaqtlaringizni hisoblab ko’ring. Shunda tushunib yetasiz, aynan nimaga hayotingizni sarflayotganingizni.
Yechim: Vaqimizni boshqarish qanday foydali bo’lar edi
Eng omadli insonlar o’zlarining vaqtlarini puldan ham yuqori baholaydilar. Siz oddiyrog’idan boshlang – vaqtingizni nimalarga sarflayotganingizni hisoblab boring, so’ngra asta – sekin, ammo e’tibor bilan o’zingizga muhim ishlarni ajrata boring. Shunda sizning hayotingiz yangi darajaga ko’tariladi.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

nima uchun biz hech nimaga ulgura olmaymiz, Vaqtni boshqarish. 10 sabab