Xotira maydoni

Xotira maydoni
xotira maydoni 65ca7e3513e17

photo 2023 05 02 23 26 35

Xotira maydoni

Mundarija скрыть
Xotira maydoni
DO`STLARGA ULASHING:
Xotira maydoni 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Serzarda zamonlar o‘tdilar qator, O‘tdilar yillaru oylar rang-barang. Moziydan bugunga yetmasdi ovoz, Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin, Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon. Olis bobolarning bosgan har izin, O‘zing avlodlarga etding namoyon. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Dillardan zulmatni quvay deb yongan, Navoiy qalamin yoritgan chiroq. Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan, Ko‘chib, fikrlarni yoritgan chaqmoq. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ona To‘marisning shonli qismati, Jaloliddin tig‘i taratgan jarang. Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi, Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Imom Buxoriyning shaffof imoni, Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz. Mahmud Torobiyning muqaddas qoni, Sening xotirangda saqlanar hanuz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Shu bois nomingni yo‘q etay deya, Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi. Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila, Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Seni johil dedi, savodsiz dedi, Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni. Dunyo bilar edi — unga sen berding, Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland, Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol. Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham, Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini, Qaytadan kashf etdi ahli jahonga. Qadrlab har mudom o‘zbek shonini, Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Dilda Xotirani imondek saqlang, Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi. Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida, Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Unutmang, yashamay yigit yoshini, Bo‘sa mazasini bilolmay hatto. Necha erlar yerga qo‘ydi boshini, Jonini yurtiga qilgancha fido. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ularning yodini e’zozlab yashang, Safda yurganlarni qadrlang mudom. Xotira maydonin lavhalarida, Bitilsin har bitta unitilgan nom. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Motamsaro Ona qoshiga boring, Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz. Shahidlar yodini eslab, bir lahza, Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Xotira bor ekan, tirikdir millat, Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Hatto maysaning ham xotirasi bor, Maysa xotirasi — nurga intilmoq. Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi, Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 To quyosh osmonda porlab turarkan, Osmonday mangusan, ey, ona xalqim! Har bir fojiaga, har bir sharafga, Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Zamonlar o‘tajak quyun singari, Necha yulduz so‘nib, tamom etajak. Sening yoding borki, yorug‘ kunlarga, Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Ishonaman, o‘sha olis ertada — Fasli novbahorning mas’um pallasi. Xotira bog‘iga kelib bosh egar, Olis kelajakning erka bolasi. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Uning ko‘zlarida yongan shuurda, Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay. Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda, Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay! 🕸🕸🕸🕸🕸🕸

DO`STLARGA ULASHING:

Xotira maydoni
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Serzarda zamonlar o‘tdilar qator,
O‘tdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sen o‘zing naqsh etding hayot qissasin,
Sen o‘zing so‘ng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin,
O‘zing avlodlarga etding namoyon.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Dillardan zulmatni quvay deb yongan,
Navoiy qalamin yoritgan chiroq.
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan,
Ko‘chib, fikrlarni yoritgan chaqmoq.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang.
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, sening xotirang.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulug‘bek fikrida balqigan yulduz.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni,
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Shu bois nomingni yo‘q etay deya,
Yovlaring xotirang buzmoqchi bo‘ldi.
Yolg‘onu tuhmatlar, uydirma ila,
Tarixing qaytadan tuzmoqchi bo‘ldi.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Seni johil dedi, savodsiz dedi,
Aldamoqchi bo‘lib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding,
Buyuk Xorazmi-yu ulug‘ Sinoni.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Istiqlol bayrog‘i yuksaldi baland,
Yana nasib bo‘ldi ozod istiqbol.
Uch ming yillik ko‘hna tarixingni ham,
Bag‘ringga qaytardi shonli istiqlol.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Istiqlol qadimiy o‘zbek nomini,
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom o‘zbek shonini,
Dunyoni qaratdi O‘zbekistonga.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota- onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida,
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Unutmang, yashamay yigit yoshini,
Bo‘sa mazasini bilolmay hatto.
Necha erlar yerga qo‘ydi boshini,
Jonini yurtiga qilgancha fido.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ularning yodini e’zozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida,
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay ko‘zlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab, bir lahza,
Oyog‘i ostiga qo‘ying boshingiz.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi,
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Zamonlar o‘tajak quyun singari,
Necha yulduz so‘nib, tamom etajak.
Sening yoding borki, yorug‘ kunlarga,
Bizning ko‘zlar ila boqar kelajak.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ishonaman, o‘sha olis ertada —
Fasli novbahorning mas’um pallasi.
Xotira bog‘iga kelib bosh egar,
Olis kelajakning erka bolasi.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Uning ko‘zlarida yongan shuurda,
Navoiy hikmatin nuri ko‘ringay.
Uning yuragida jo‘shgan g‘ururda,
Bobolar yuragin qo‘ri ko‘ringay!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸

Xotira maydoni